AQSh prezidenti Donald Tramp Davlat departamenti sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning qolgan barcha maktublarini chop etish va tahlil qilishni tezlashtirishini istamoqda. Maktublar Klinton tomonidan tashqi siyosat boshqarmasiga taqdim etilgan. Bu haqda 28-oktabr, shanba kuni CNN telekompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Telekompaniya manbalariga ko‘ra, Tramp Davlat departamenti rahbariyatiga u Klinton himoya qilinmagan shaxsiy pochta serveri yordamida olib borgan ishchi yozishmalarini o‘rganish va chop etish jarayonini tezlashtirishi lozimligini ma’lum qilgan. CNN’ga rasmiy shaxslarning ma’lum qilishicha, Trampning ushbu jarayonni tezlashtirish istagi uning shaffoflikni ta’minlashga intilishi bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, Tramp AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan muloqotdan so‘ng Davlat departamenti hozirgi paytda turli materiallarni chop etish bilan bog‘liq 13 mingdan ortiq talabnomani ko‘rib chiqayotganligini bilib oldi. Ushbu talabnomalar nafaqat Klintonning maktublari, balki bir necha o‘n yillik hujjatlarga ham taalluqli.
Izoh (0)