“Jabhat an-Nusra” guruhi Suriyaning Idlib viloyatida kimyoviy qurol zaxirasiga ega. Bu haqda, SANA agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, kimyoviy qurol saqlanayotgan omborlar Ma’rat Misrin va Gazla qishloqlarida joylashgan.
SANA’ga ko‘ra, terrorchilar Ma’rat Misrin qishlog‘ida 15 kilometrgacha nishonni uradigan, zaharli moddalarga to‘ldirilgan kallaklarni to‘plamoqda.
Izoh (0)