Chexiyaning g‘arbiy qismida kuzatilgan to‘fon oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda milliy qutqaruv xizmati vakili Ivo Novak bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Ekstremal darajada kuchli shamol ikki fuqaroning o‘limiga sabab bo‘ldi, — dedi u. — Sharqiy Chexiyadagi Yichin shahrida keksa erkak ustiga daraxt qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Starjech qishlog‘ida (Moraviya janubi-g‘arbi) istiqomat qiluvchi ayol meteorologlar tavsiyalariga rioya qilmay, shu shamolda o‘rmonga yo‘l oldi, u yerda qulagan daraxt ostida qoldi”.
Eng yomon ob-havo Chexiya shimolida kuzatilmoqda.
Izoh (0)