O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziyaning Tangerang shahridagi mushakbozlik mahsulotlari ishlab chiqarish zavodida yuz bergan portlash va yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidenti Joko Vidodoga ta’ziya izhor etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Indoneziyadagi zavodda 26-oktabr kuni ro‘y bergan portlash oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)