Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Indoneziya rasmiylari Agung tog‘ida vulqon otilishi xavfi kamayganiga qaramay, Bali kurortidagi favqulodda vaziyat tartibini uzaytirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Foto: EPA

Foto: EPA

Hukumatning Tabiiy ofatlar oldini olish agentligi va boshqa muassasalar vakillari ishtirokidagi yig‘ilishidan so‘ng shunday qaror qabul qilindi. Rasmiylar xavfli hudud radiusini 12 kilometrdan 6 kilometrgacha qisqartirmoqchi edi, biroq mutaxassislar bu rejani qo‘llab-quvvatlamadi.

Mahalliy hukumatning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 22-sentabrda e’lon qilingan favqulodda vaziyat tartibi tufayli ko‘rilgan zarar 146 million dollarni tashkil etdi.

Bu summaga, jumladan, 134 ming kishidan iborat mahalliy aholini evakuatsiya qilish xarajatlari, shuningdek, xorijiy sayyohlarning Baliga safardan voz kechishi oqibatida ko‘rilgan zarar kiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda qator yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi yangicha kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda
Mahalliy
Andijonda er 22 yoshli ayoli, uning onasi va ukasini o‘ldirgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Mahalliy
Buxoroda 29 yoshli o‘g‘il onasini pichoqlab o‘ldirdi