Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining chorak final bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Avvalroq Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” va Maurisio Pochettino murabbiyligidagi “Tottenhem” turnirdan chiqib ketgandi.
“Liverpul”dan keyin APL chempionligi uchun kurashayotgan “Tottenhem” ham Liga Kubogini tark etdi
Qur’aga ko‘ra, Liga Kubogining amaldagi g‘olibi hisoblangan “Arsenal” London derbisida “Vest Hem” bilan hisob-kitob qiladigan bo‘ldi. Qayd etish kerak, Slaven Bilich boshqarayotgan “Vest Hem” avvalgi bosqichda “Tottenhem” ustidan irodali g‘alabaga erishishga muvaffaq bo‘lgandi.“Manchester Siti” esa “Liverpul”ga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan “Lester”ni sinovdan o‘tkazadi. Lesterdagi o‘yinga qadar “tulkilar” Klopp jamoasini 2:0 hisobida taslim qilgan, keyinroq “Lids”ni 3:1 hisobida yenggandi.
Liga Kubogi. “Siti”ni to‘xtatadigan klub topildi. “Yunayted” va “Arsenal” chorak finalda
Bir yil avval yarim finalda “Arsenal” Gvardiolaning “Siti”sini 2:1 hisobida, “Chelsi” esa “Tottenhem”ni 4:2 hisobida taslim qilgandi. Hal qiluvchi final o‘yinida “Arsenal” APL chempioni “Chelsi”dan ustun kelgan (2:1) va bosh sovringa ega chiqqan.
“Chelsi” — “Bornmut”“Arsenal” — “Vest Hem”“Lester” — “Manchester Siti”“Bristol” — “Manchester Yunayted”
Chorak final o‘yinlari 1 tagina uchrashuvdan iborat bo‘ladi va o‘yinlar birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan jamoalar maydonida o‘tadi.
Izoh (0)