Angliyaning “Lester” klubi iste’foga chiqarilgan bosh murabbiy Kreyg Shekspir o‘rniga fransiyalik Klod Pyuelni tayinladi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lumot berdi.
Ranyeri jamoani chempion qilgach, keyingi mavsumda xavfli zonaga tushirib yubordi. Oqibatda italiyalik murabbiy ishdan olinib, o‘rniga yordamchisi Shekspir tayinlandi. U “Lester”ni APLda olib qoldi va Chempionlar Ligasida chorak finalga qadar olib bordi. Natijada mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma tuzildi. Biroq u ham kelasi mavsum klubni xavfli zonaga tushirib qo‘ydi.
“Lester” bosh murabbiy Shekspirni iste’foga chiqardi
Yangi murabbiy Klod Pyuel uchun APL begona emas. U o‘tgan mavsum “Sautgempton”ni boshqarib, bir mavsumning o‘zida iste’foga chiqqandi. Ungacha esa Fransiyaning “Monako”, “Lill”, “Lion”, “Nitssa” kabi jamoalarida ishlagan.Shekspir va Pyuel kelgunicha “Lester”ni vaqtinchalik Maykl Epplton boshqarib turdi. Bunda jamoa 2 ta uchrashuv o‘tkazdi va har ikkisida ham zafar quchdi. APLda “Suonsi” 2:1 hisobida taslim qilingan bo‘lsa, mamlakat Liga Kubogida “Lester” 3:1 hisobida zafar quchib, chorak finalga yo‘l oldi. Ammo rahbariyat uning o‘zini boshchi sifatida qoldirish variantini ko‘rib chiqmadi.
“Lester” bunday murabbiy bilan mag‘lub bo‘lmaydi. Ko‘rinishi jangchilarni eslatadigan Maykl Epplton fotogalereyasi
Bungacha “Everton” Ronald Kumanni iste’foga chiqargan bo‘lib, hozirda Liverpul klubi o‘ziga yangi bosh murabbiy izlash ishlari bilan band.
Izoh (0)