Janubiy Koreya Korea Bunker Buster boshqariluvchi bunkerga qarshi raketalarini qurollanishga qabul qilishni to‘rt yilga kechiktirdi. Bu haqda 26-oktabr, payshanba kuni The Dong-A Ilbo gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Dastlab ushbu taktik raketalarni ishlab chiqarish va joylashtirishni 2019-yilda yakunlash rejalashtirilgan edi. Biroq Janubiy Koreyaning GPS global pozitsiyalash harbiy tizimidan foydalanish bo‘yicha Amerika tomoni bilan muzokaralardagi kechikish va kelgusi yil tegishli budjetining qisqarishi bu rejalarga o‘z tuzatishlarini kiritdi.
Koreya Respublikasi 2013-yilda “yer-yer” toifasidagi bunkerga qarshi raketalarni ishlab chiqishga kirishgan edi. KXDR bilan qurolli mojaro yuzaga kelgan taqdirda ular Seul uchun bevosita tahdidni yuzaga keltiruvchi Shimoliy Koreya artilleriyasi pozitsiyalarini yo‘q qilishi lozimligi taxmin qilinmoqda. Raketalar parvoz davomiyligi 120 kilometrga yaqin masofani tashkil etadi.
Izoh (0)