Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan 27 yoshli aqli noraso qiz A.Payazova uyidan chiqib ketib, Toshkent shahridagi “Eski Juva” dehqon bozorida pista-qurt sotib yurib bedarak yo‘qolgan, deb yozadi “Telegraf.uz”.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida A.Payazova joriy yilning 10-iyul kuni Olmazor tumanida tutqanoq (epilepsiya) kasalligi bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani va shu yerda vafot etgani aniqlandi.
23-oktabr kuni marhumaning akasi M.Payazov surat orqali singlisini tanigan va xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzilgan.
Izoh (0)