O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpinni Xitoy Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta saylangani hamda mamlakat taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam bosganini ko‘rsatuvchi 19-syezdi ishining muvaffaqiyatli yakunlangani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida barcha sohalar modernizatsiyasi hamda tezkor innovatsion yangilanishga o‘tish kursi e’lon qilinishi Xitoyning har taraflama taraqqiyo etishiga ko‘mak berishi, uning jahon siyosat sahnida yetakchi hokimiyatlardan biri sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdi.
“Birgalikda amalga oshirilgan sa’y-harakatlar tufayli bugun O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar yangi darajaga chiqdi”, — deyiladi xabarda.
“Biz gidroenergetika, neft-gaz sohasi, kommunikatsiya tarmoqlari, yuqori texnologiyalar sohasidagi kooperatsiya singari strategik tarmoqlarda istiqbolli loyihalarning amalga tatbiq etilishiga o‘tdik. Parlamentlararo va mintaqalararo aloqalar shiddatli rivojlanmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda”, — qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.
Uning fikricha, buning bari ko‘p qirrali O‘zbekiston – Xitoy hamkorligi bundan keyin ham chuqurlashib borishiga, o‘zaro hamkorlikning yanada ko‘proq sohalarini qamrab olishiga bo‘lgan ishonchni yanada orttiradi.
Izoh (0)