Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3025-sonli qarori ijrosi doirasida “Mevali Plants” kompaniyasi “Chandler Yong‘oq Bog‘lari” tijorat brendini tashkil etdi hamda Chandler navli yong‘oq ko‘chatlarini O‘zbekiston hududida yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Bu sohada Markaziy Osiyoning ilk loyihalaridan biri hisoblangan kompaniya mahalliy bog‘dorchilik shirkatlariga zamonaviy texnologiyalar asosida yetishtirilgan yong‘oq, bodom, gilos, shaftoli, olxo‘ri, o‘rik, nok, behi va anor kabi turli xil mevali ko‘chatlarni yetkazib beradi.

Hozirda kompaniya plantatsiyalarida yetishtirilayotgan ko‘chatlarning qo‘shni mamlakatlarga eksport qilinishi borasida ham faol ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, bog‘dorchilik shirkatlarining yong‘oqchilik sohasidagi bilimini oshirish maqsadida shu yilning 5—10-avgust kunlari Turkiyaga agrotur tashkil etdi. Mazkur agrotur davomida bir guruh o‘zbekistonlik tadbirkorlar Turkiyada yetishtirilgan sakkiz, uch va ikki yoshdagi yong‘oq bog‘lari hamda ko‘chatzorlari bilan yaqindan tanishdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi