Poytaxtda qallobliklikning yangi shakli kuzatildi. Yangi sxema 35 ming so‘m turadigan diareyaga qarshi doridan iborat, deb xabar beradi “Novosti Uzbekistana”.
Aytilishicha, Toshkentda haydovchilardan biri shu sxema bo‘yicha qalloblikka uchragan. Unga bir dorini berib, tegishli manzilga yetkazib berishni so‘rashgan, dorining pulini haydovchining o‘zidan olishgan, manzilda unga bu pul qaytarilishi va’da qilingan. Ammo dori diareyaga qarshi arzon dori bo‘lib chiqqan, manzilda esa haydovchini hech kim kutib olmagan.
Voqea haqida Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida gapirib berildi. Aniqlanishicha, dorining asl narxi 3500 so‘m ekan.
Post ostida qoldirilgan izohlarda ayrimlar ular ham shu turdagi qalloblar qo‘lidan jabr ko‘rganini ta’kidladi. Keyinchalik bu tarzdagi ogohlantiruvchi postlar ijtimoiy tarmoqning boshqa mashhur guruhlarida ham tarqalib ketdi.
Huquq-tartibot organlari vakillari nashrga bergan izohida bu holat qalloblik sifatida baholanishini aniqlashtirdi. Ammo shu paytgacha biror jabrlanuvchi tegishli voqea yuzasidan shikoyat qilmagan.
Izoh (0)