Xitoy Kompartiyasining XIX syezdida partiya ustaviga “Rais Si Szinpinning xitoycha o‘zgachalikka ega yangi sotsializm davri haqidagi g‘oyalari to‘g‘risida”gi nizom kiritilishi haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Tarixda ikkinchi marta partiya ustaviga amaldagi raisning so‘zlaridan iqtibos kiritilmoqda. Bungacha faqat Mao Szedun tirikligida uning nomi ustavga kirgan edi. Den Syaopinning g‘oyalari ustavga uning o‘limidan so‘ng kiritilgan.
Ustavga kiritilgan o‘zgarishlar markazning nufuzini oshirishga hamda “xitoycha o‘zgachalikka ega” sotsializm qurish ishida jiddiy siljishga erishishga qaratilgan.
XIX syezd 18—24-oktabr kunlari bo‘lib o‘tdi, unda Si Szinpin va Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan yana partiya Markaziy qo‘mitasi tarkibiga kirdi.
Izoh (0)