24-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga ishchi tashrif bilan kelgan Rossiya stats kotibi — tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasinni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining muhim masalalari, jumladan, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidentining joriy yil aprel oyida Rossiyaga davlat tashrifi va yuqori darajadagi keng ko‘lamli muzokaralari davlatlararo munosabatlarda yangi va dinamik bosqichni ochib berganligini, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalar kengaytirganligi, O‘zbekiston va Rossiya viloyatlarining bevosita aloqalarini, shuningdek, madaniy va gumanitar almashuvlarini faollashtirishga imkon yaratgani ta’kidlandi.
Mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilish chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi.
Shu kunning o‘zida tashqi ishlar vazirligida yuqori darajadagi ikki tomonlama maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.
Izoh (0)