Saudiya Arabistoni shahzodasi al-Valid ibn Talal keyingi yili chet ellik investorlarga Saudi Aramco davlat neft-gaz korporatsiyasining 5 foizi taklif qilinishini mumkinligini aytdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
15-oktabr kuni Financial Times xalqaro IPO jarayonini boshlagan Saudi Aramco o‘z rejalarini o‘zgartirishi mumkinligini bildirgan edi. Saudiya vakillari bir qancha chet ellik institutsional investorlar bilan muzokaralarni faollashtirgani bunday taxminlarga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)