IPO bo‘yicha En+ Group plc kompaniyasining har bir GDR’i uchun narx oralig‘i 14—17 dollardan baholanmoqda. Shunday qilib butun kompaniya (yangi aksiyalarni joylashtirishdan oldingi mablag‘lar kelib tushguniga qadar) 7—8,5 milliard dollarga baholandi, deb xabar berdi “Vedomosti”.
Qo‘shimcha joylashtirish variantini hisobga olmasa, bitim hajmi kapital o‘sishining 15,8—18,8 foizini tashkil qilishi mumkin.
En+ investorlariga 1 milliard dollarlik yangi va mavjud qog‘ozlar taklif qilinadi, biroq bu qancha proportsiyani tashkil etishi haqida kompaniya ma’lumot bermadi. Shuningdek, yana 500 million dollarlik aksiyalar AnAn Group joylashtirilgan narx bo‘yicha sotib oladi.
Izoh (0)