Avstriyaning bo‘lajak kansleri Sebastyan Kurs ikki oy ichida koalitsion muzokaralarni o‘tkazib, hukumatni shakllantirishga umid qilmoqda. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
“Albatta, bu muzokaralar qay darajada rivoj topishiga bog‘liq. Agar tez o‘tsa — yaxshi, lekin sifat muhimroq. Mening maqsadim — Rojdestvoga qadar hukumatni shakllantirish. Avstriyaliklar tez ish boshlaydigan mustahkam va barqaror hukumat kutmoqda. Muzokaralar 60 kundan so‘ng yakunlanishi lozim”, — dedi Kurs.
Parlament ko‘pchiligidan iborat koalitsiya shakllantirish uchun Kursning partiyasi sobiq kansler Kristian Kernning sotsial-demokratlari hamda ultrao‘ngchi Ozodlik partiyasi (FPO) bilan birlashishi talab etiladi. FPO koalitsiyaga qo‘shilishning talabi sifatida ichki ishlar vaziri lavozimiga ega bo‘lishni so‘ramoqda.
Kurs FPO’ning bu talabini to‘g‘ri tushunishini ta’kidladi:
“Bu saylovda partiyamiz a’zolari bo‘lmagan odamlar uchun harakatimni bilib ochib qo‘ydim. Shuning uchun hozir bizda siyosiy tajribaga ega va boshqa istiqbollarni beruvchi odamlardan iborat jamoamiz bor. Shubhasiz, federal hukumatda katta o‘zgarishlar bo‘ladi”.
Izoh (0)