Vazirlar Mahkamasining 18-oktabrdagi qarori bilan davlat resurslari tarkibidagi bug‘doyning birja orqali baliq va go‘shtni belgilangan narxda sotilishi bo‘yicha majburiyatni zimmasiga olgan baliq va chorva xo‘jaliklariga realizatsiya qilinishi joriy etildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Tartibga ko‘ra, baliq va chorva xo‘jaliklari davlat resurslaridan birja sotuvlariga ajratiladigan bug‘doyni sotib olishi mumkin bo‘ladi.
Bu huquq:
- xaridorlar reyestriga kiritilgan;
- o‘z mahsulotlarini asosiy sotsial ahamiyatga molik tovarlar narxlarini monitoring va nazorat qilish respublika komissyaisi tomonidan tasdiqlangan hajm va narxlarda realizatsiya qiladigan xo‘jaliklarga taqdim etiladi.
Izoh (0)