Estoniyaning ba’zi hududlarida 17-oktabr, seshanba kuni qora yomg‘ir yog‘di. Qop-qora bulutlar kunning o‘rtasida bir qator shaharlarni qorong‘ulik ostida qoldirdi. Bu tabiat hodisalari “Ofeliya” to‘foni sababli yuzaga keldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Bu safar gap uchta vaziyatning birlashishi haqida ketmoqda: Portugaliyadagi yong‘inlarning tutuni va qurumi, Sahro cho‘lidan kelgan chang va Atlantika okeanidan yopirilgan “Ofeliya” to‘foni. Aynan to‘fon chang va qurumlarni o‘zi bilan olib kelgan”, — deydi davlat meteoxizmati sinoptiki.
Mavzuga doir: Foto: “Sariq osmonli” Buyuk Britaniya
18-oktabr, chorshanba kuni qora bulutlar Estoniyani tark etdi va odatiy kuz ob-havosi tiklandi.
Izoh (0)