Prezident Pyotr Poroshenkoning Kiyevning Kozin qishlog‘idagi shaxsiy qarorgohiga harbiy texnika va kuch tuzilmalari keltirilgan. Bu haqda xalq deputati Viktoriya Voysitskaya Facebook’da ma’lum qildi va tegishli suratni ilova qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Bugun markazda norozilik namoyishlari o‘tkazilgan joylarda tartibni ta’minlash uchun ko‘p sonli kuch tuzilmalari jalb qilinganligi tushunarli. Biroq prezidentning shaxsiy qarorgohini qo‘riqlash uchun nega shuncha odam va texnika keltirildi? Bir muddatga yo‘l ham yopib qo‘yildi. Bu yerda kimdan qo‘rqish mumkin?”, — deb yozdi xalq deputati. U ilova qilgan suratda texnika va odamlarning kamroq qismini ko‘rish mumkin.
Voysitskaya, shuningdek, kuch xodimlari o‘zlarining hozirligini mashg‘ulotlar o‘tkazilishi bilan tushuntirganini ma’lum qildi.
Izoh (0)