Germaniya ichki ishlar vaziri Tomas de Mezyerning Germaniyaning alohida hududlarida islomiy bayramlarni joriy qilish haqidagi taklifi Nemis katoliklari markaziy qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, deb yozadi Deutsche Welle.
“Aholisi orasida musulmon dindorlar ulushi katta bo‘lgan hududlarda islomiy bayramlar paydo bo‘lishi mumkin, va bu mamlakatimizning nasroniylik an’anasini buzmaydi”, — dedi qo‘mita rahbari Tomas Shternberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bayramlar taqvimi muzey eksponati ham, shunchaki dam olish kunlari ketma-ketligi ham emas, balki boy yevropacha an’analarni aks ettiradi.
Izoh (0)