Somali poytaxti Mogadishodagi terakt oqibatida halok bo‘lganlar orasida kamida 2 nafar AQSh fuqarosi bo‘lgan. Bu haqda AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Noyert ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Biz barcha somaliliklar, hususan, be’mani va vahshiyona hujumlar tufayli do‘stlari va oilalarini yo‘qotganlarga chuqur hamdardlik bildiramiz. Jabrlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz. Terakt qurbonlari orasida AQShning kamida ikki fuqarosi ham bor edi”, —dedi Noyert.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Somali poytaxtida yuz bergan portlash oqibatida 300 dan ortiq kishi halok bo‘lgani bildirilgandi.
Izoh (0)