Bigelow Aerospace xususiy kosmik kompaniyasi Oy orbitasiga turar-joy modulini uchirish borasida tayyorgalik ishlari boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda raketa-tashuvchi uchun javobgar United Launch Alliance kompaniyasi bilan birgalikda tayyorlangan press-relizda ma’lum qilindi, deb xabar berdi Meduza.
Kompaniyalar 2022-yilda Oy orbitasiga B330 modulini uchirish niyatida. Havo bilan to‘ldiriladigan bo‘lmaning uzunligi 13,7 metrni, diametri esa 6,7 metrni tashkil etadi va uning ichida olti kishi ishlashi hamda yashashi mumkin.
Avvaliga modul Vulcan 562 raketasi yordamida yer orbitasiga olib chiqilib, tekshirib ko‘riladi. Shundan so‘ng, modulga zaxira yoqilg‘isiga ega yana ikkita raketa uchiriladi va yoqilg‘ilar ulardan biriga to‘planib, bo‘lmani Oyga olib borish yo‘lida ishlatiladi.
Izoh (0)