Florida shtatidagi Kanaveral burnidan AQSh razvedka boshqarmasining NROL-52 sun’iy yo‘ldoshini ortgan Atlas V raketasi uchirildi. Bu haqda United Launch Alliance (ULA) Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Atlas V uchirilishi bunday turkumdagi raketa uchun 74-parvoz bo‘ldi.
NROL-52 sun’iy yo‘ldoshining asosiy maqsadi AQSh uchun “ehtimoliy tahdidlar”ni aniqlashdan iborat.
SpaceFlight portaliga ko‘ra, qurilma infraqizil sensorlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular Yerdagi ma’lum bir obyektlarni kuzatish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, ULA kompaniyasi AQSh mudofaa vazirligi uchun raketa texnologiyalarining asosiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
Izoh (0)