Xitoy, AQSh va Chili olimlari Katta portlashdan so‘ng 550-800 million yil o‘tgach shakllangan oltita yangi galaktikani aniqladi. Bu haqda Xitoy ilmiy-texnologik universiteti manbalariga tayanib, “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Yorug‘ligini vodorod ionlashtirgan ilk galaktika va yulduzlar shakllana boshlagan davrni o‘rganishda oldinga siljishga erishildi. Koinot jismlari shakllanishi jarayonini tadqiq etish asoslari yaratildi”, — ma’lum qildi olimlar.
Universitet professori Van Szyunsyan rahbarligidagi tadqiqotchilar xalqaro guruhi izlanishlarida Chili hududida joylashgan Serro-Tololo va Las-Kampanas observatoriyalaridan foydalanildi.
Izoh (0)