Iroq va Saudiya Arabistoni orasida 27 yil oldin uzib qo‘yilgan aviaaloqa qayta tiklandi. Bu haqda Iroq transport vazirligi bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Iroq va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida aviaaloqani tashkil etish yuzasidan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi”, — deyiladi bayonotda.
Hujjatda aytilishicha, Iroq barcha mamlakatlar, birinchi navbatda, mintaqadagi qo‘shnilar bilan aloqa qilish uchun ochiq.
18-oktabr kuni Bag‘dod aeroportiga Saudiyaning Flynas aviakompaniyasiga tegishli birinchi samolyot qo‘nadi. Uni Iroq transport vaziri Kozim Finjon va Saudiya elchixonasi xodimlari kutib oladi.
Izoh (0)