O‘zbekistonning barcha notariuslari legalizatsiyani talab qiluvchi hujjatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda, Adliya vazirligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Bunga qadar faqat ma’lum notariuslar hujjatlarni tasdiqlash huquqiga ega edi.
Bundan buyon chet elda hisobga olinishi uchun legalizatsiya talab qilinadigan hujjatlarni tasdiqlash uchun fuqarolar o‘zi uchun qulay bo‘lgan har qanday notariusga murojaat etishi mumkin.
Izoh (0)