Yoshlar orasida o‘zbek kinosi durdonalarini targ‘ib qilish, kino ixlosmandlariga afsonaviy o‘zbek kinosi namunalaridan yana bahramand bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsasida ilk marta poytaxtda tajriba sifatida “O‘zbek kinosi durdonalari” kinozali ishga tushirilmoqda. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar berdi.
Kinozalning ochilish marosimi 23-oktabr kuni soat 17:00da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda bo‘lib o‘tadi.
Tadbirga taniqli kinoijodkorlar, kinoshunos olimlar, ustoz aktyor va aktrisalar hamda yoshlar jamoalari taklif qilingan.
Kinozalning ish faoliyatini rejissor Shuhrat Abbosovning “Abu Rayhon Beruniy” nomli tarixiy badiiy filmi boshlab beradi.
Izoh (0)