O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi va uning hududiy bo‘limlariga dasturlovchi, ma’lumotlar bazasi administratori, veb-dizayner, axborot texnologiyalari mutaxassisi lavozimlariga ishga qabul bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Bu haqda Bosh prokuratura sayti xabar bermoqda.
Nomzodlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumot, zarur bilim va ish tajribasi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan professional darajada foydalanish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
Dasturchilar quyidagi dasturlash tillari va texnologiyalarida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi:
Java Core, Java SE, J2EE, J2ME, Android, Swift, PL/SQL, Transact SQL, C++;
HTML, CSS, JavaScript, Jquery;
Zamonaviy veb-freymvorklar (Wicket, Spring va boshqalar);
ORM (MyBatis, Hibernate va boshqalar);
WebService, WebSocket, B2B texnologiyalari;
WinAPI tizimida dastur, veb brauzerlar uchun plaginlar yaratish;
SDK qurilmalar bilan ishlay olish va tizimga integratsiya qilish;
Android, iOS, Windows, J2ME qurilmalar uchun dasturlar yaratish.
Markaz va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga Byuro xodimlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza choralari qo‘llanadi.
Izoh (0)