Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatda aviayoqilg‘i taqchilligi kuzatilayotgan bois mamlakat energetika vaziri Qanat Bo‘zumboyevga hayfsan e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Davlat rahbari bunday vaziyatga vazirlik va umuman hukumatning mas’uliyatsizligi sabab bo‘lganini aytib o‘tdi.
“Har yili shunaqa bo‘ladi, — dedi Nazarboyev. — Buni bilar ekansizlar, aholini yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash uchun tegishli miqdordagi energiya tashuvchilarini saqlab qo‘yishinglar kerak edi”.
Aviatsion kerosin yetishmochiligi tufayli Air Astana aviakompaniyasi ishni vaqtinchalik to‘xtatishi mumkinligini e’lon qildi.
Izoh (0)