Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xe sud eshituvlari davomida birinchi marta unga nisbatan ilgari surilgan ayblovlarni tan oldi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Pak Kin Xe dugonasi, saylov kampaniyasi chog‘ida unga yordam bergan Chxve Sun Sil atrofidagi korrupsiya mojarosiga aralashib qolgan edi. Aytilishicha, ayol ko‘plab korporatsiyalardan turli korrupsion sxemalar orqali pul undirayotganidan prezident xabardor bo‘lgan.
Ushbu mojaro tufayli Pak Kin Xe prezidentlikdan ketdi. Shundan beri ish yuzasidan sud eshituvlari davom etmoqda.
Oxirgi sud yig‘ilishida ushbu janjal uchun sobiq davlat rahbari aybni o‘z zimmasiga oldi va yarim yil davom etgan tergov uning uchun “uzoq davom etgan qiynoqli davr” bo‘lganini ta’kidladi.
Izoh (0)