Iroq hukumat qo‘shini Kirkuk viloyati markazi, shu nomli shaharni egalladi. Shahar 2014-yildan buyon kurdlarning “Peshmerga” harbiylashgan guruhi nazorati ostida edi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, shaharga Iroq zirhli transportyorlari kolonnasi va saralangan piyoda qo‘shinlar otryadlari kirib kelgan. Zirhli transportyorlar shahar hokimiyati oldida to‘xtab, pozitsiyalarni egallagan. Jangchilar binoni egallab, kurd bayroqlarini tushirgan va o‘rniga Iroq bayrog‘ini ko‘targan.
Operatsiya qurbonlarsiz o‘tgan. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, shahardan millionga yaqin fuqaro qochgan.
“Bu kun biz uchun bayram bo‘lishi lozim, biz Barzoniydan qutulganimizdan xursandmiz”, — dedi shaharda yashaydigan voqea guvohlaridan biri.
Muqaddam Kurdiston rahbariyati Iroq federal hukumatini Kirkukda urush qo‘zg‘ashda ayblagan edi.
Izoh (0)