Xivada keyingi uch yil davomida 20 ga yaqin mehmonxona quriladi. Bu haqda, O‘zAning xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida ma’lum qilgan.
Prezidentning ta’kidlashicha, Xorazm viloyatiga amalga oshirilayotgan joriy tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri — Xivani sayyohlik markaziga aylantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yana bir bor tahlil qilishdir.
Bu yerga kelishimizning asosiy maqsadlaridan biri Xivani turistik zonaga aylantirish bo‘yicha qilayotgan sa’y-harakatlarimizni yana bir bor tahlil qilishdan iborat.Avvalroq Xivada fransiyalik investorlar ishtirokida besh yulduzli mehmonxona qurilishi haqida xabar berilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu mehmonxona O‘zbekistonda eng yaxshilaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.Turizmni rivojlantirish uchun avvalo sayyohlarga sharoit yaratish zarur. Shu maqsadda kelgusi uch yilda Xivada 20 ga yaqin mehmonxona quriladi.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Izoh (0)