• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    “Haydovchi qoidani odamlarga ular tushunadigan tilda o‘rgatyapti”. Toshkentda jahldor haydovchi tartibsiz piyodalar ustiga mashina haydadi (video)

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi shoh ko‘chalardan birining deyarli yarmini taksi to‘xtatish maqsadida egallab olgan piyodalar ustiga mashina haydagan haydovchining videosi paydo bo‘ldi. Videoyozuv piyodalar ustiga bosib borgan mashinaga o‘rnatilgan videoregistrator yordamida olingan. Unda haydovchining baqir-chaqiri, shuningdek, uni tinchlantirishga urinayotgan do‘stlarining ham ovozi eshitiladi.

    Videoda Bunyodkor shoh ko‘chasining Chilonzor buyum bozori oldida 1-oktabr kuni yuzaga kelgan vaziyat ko‘rsatilgan. Unda piyodalarning juda katta guruhi yo‘l harakati qoidalariga xilof ravishda taksi to‘xtatish maqsadida yo‘lning yarmini egallab olgani, oqibatda tirbandlik kelib chiqqanini ko‘rish mumkin. Bundan norozi bo‘lgan haydovchi avtomobil signalini chalgani holda, mashinani piyodalar ustiga haydab, yo‘lning bitta harakatlanish bo‘lagini odamlardan “tozalab” ketavergan. Bu hodisa yo‘l-patrul xizmati xodimlari guvohligida yuz bergan. Hodisa oqibatida hech kim jismonan jabrlanmagan.

    Mazkur vaziyatda piyodalarning harakatini ham, ularni go‘yoki tartibga solishga uringan haydovchini ham oqlab bo‘lmaydi. Masalan, haydovchining keskin harakatlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks (MJtK)ning 128-5-moddasi 2-qismi bilan tasniflanib, haydovchi eng kam ish haqi (EKIH)ning o‘n baravari (14-oktabr holatiga ko‘ra — 1 497 750 so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Ayni vaqtda, piyodalarning belgilanmagan joyda yo‘lning harakat qismiga chiqib ketgani ularning har biriga MJtKning 138-moddasi 1-qismi bilan EKIHning uchdan bir qismi (49 925 so‘m) miqdorida jarima solishga asos bo‘lishi mumkin.

    Shu sababli, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham ikki guruhga bo‘lingan — ba’zilar haydovchining qilgan ishini oqlagan, boshqalar piyodalarga achingan. “Haydovchi ruhiy nosog‘lom shekilli, u hech hurmatga loyiq ish qilmagan — odamlarni so‘kishga nima haqi bor? Juma kunlari masjidlar oldida mashinalarni 2-3 qatorlatib qo‘yishadi, hech kim hech nima demaydi, hamma hurmat bilan o‘tadi. Bu yerda haydovchi boshqalarga o‘xshab indamay o‘tsa ham bo‘lardi”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

    “Nimani qoyil qilibdi bu haydovchi? Odamlarni haqoratlab, mashinasini ularning ustiga haydaganimi qahramonligi? Mashinadan tushib gapirsin edi, o‘sha yerda turgan yo‘l nazoratchilariga e’tiroz bildirsin edi! Qo‘rqadimi? Agar shu yerda yosh katta onangiz yo homilador ayolingiz, yosh bolali singlingiz bo‘lsa, mana shu ‘qahramon’ning shu ishiga o‘shanda ham hozirgidek qoyil qolarmidingiz?”, — deb savol qo‘ygan boshqa bir foydalanuvchi.

    Haydovchining harakatini ma’qullagan foydalanuvchilardan biri (ular juda ko‘p) bu fikrga javob qaytargan: “Avvalo, o‘zini hurmat qilgan inson keksa onasini bir o‘zini, homilador ayoli yo yosh bolali singlisini bozorga tushirmaydi. Undan keyin, piyodalar o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymay, belgilangan joydan o‘tishi kerak. Xudo ko‘rsatmasin, birov uni urib yuborsa, tamom — haydovchining qaramog‘iga o‘tib qoladi. Saviyani faqat haydovchilar emas, yo‘l qoidasiga rioya etmayotgan piyodalar ham oshirib borsa, qandaydir natijaga erishgan bo‘lardik. Qars ikki qo‘ldan chiqadi”.

    Foydalanuvchilardan yana biri e’tiborga molik fikr yozib qoldirgan: “Haydovchi odamlarga yo‘l harakati qoidalarini ular tushunadigan tilda o‘rgatmoqda”.

    14.10.2017, 11:10   Izoh (0)   76436
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2017-yil General Motors uchun omadli kelishi taxmin qilinmoqda

    13.10.2017, 11:13

    Boshqirdistonda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan minglab Daewoo avtomobillaridan iborat turargoh aniqlandi

    13.10.2017, 09:20

    GM qovoq yuzasiga Camaro ZL1 1LE modelini qanday tasvirlash lozimligini ko‘rsatib berdi

    12.10.2017, 18:59

    Nissan GT-R ga joystik ulandi va u 211 km/soat tezlikka erishdi (foto va video)

    12.10.2017, 05:09

    GM Uzbekistan Rossiyada yil boshidan buyon 9,34 mingta avtomobil sotdi

    11.10.2017, 10:03

    General Motors elektrosportkar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

    10.10.2017, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.