Zangiota tuman IIBga Toshkent shahrida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan Ahror Sattorov ariza bilan murojaat qilgan. Arizaga ko‘ra, joriy yilning 25-sentabr kunidan 2-oktabr kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, mazkur fuqaroning Xonobod qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan qo‘yxonasidan umumiy narxi 18 million so‘m bo‘lgan 22 bosh qo‘yini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Ahror Sattorovning uyida ijarada yashayotgan andijonlik fuqaro, 1972-yilda tug‘ilgan To‘lqinjon Tolmasov sodir etganligi va u qo‘ylarni sotib yuborganligi aniqlandi.
To‘lqinjon Tolmasov qo‘lga olingan. Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ashyoviy dalil sifatida qo‘ylar olinib, egasiga qaytarildi.
Jabrlanuvchining ismi va familiyasi o‘zgartirilgan.
Izoh (0)