Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreyadagi norezident elchisining missiyasi yakunlanganini hamda koreyalik diplomatga nisbatan ham shunday choralar ko‘rilganini e’lon qildi. Bu haqda, Sky News Arabia telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“BAA KXDR norezident elchining missiyasi yakunlanganini va BAAning Pxenyandagi elchisi missiyasi tamomlanganini e’lon qiladi, — deyiladi bayonot matnida. — BAA Shimoliy Koreya fuqarolariga yangi kirish vizalarini berishni hamda har qanday Shimoliy Koreya kompaniyasiga yangi ruxsatnomalar berishni to‘xtatadi”.
15-sentabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyaning raketa sinovlari munosabati bilan 2375-rezolyutsiyasini qabul qildi. Unga muvofiq, Pxenyanga qarshi sanksion choralar ko‘rilishi tavsiya etildi. BAA ko‘rayotgan choralar shu rezolyutsiya holatlarini ijro etishga qaratilgan.
Izoh (0)