1987-yili noyabr oyining 22-sanasiga qadar O‘zbekistonda 4,6 million tonna paxta terib olingan edi. YouTube’da sobiq SSSR televideniyesi “Vremya” dasturi uchun o‘zbekistonlik muxbir Muxtor G‘aniyev tomonidan tayyorlangan va 1987-yil 22-noyabr kuni efirga uzatilgan tarixiy video nusxasi bor.
Unda “oktabrdagi misli ko‘rilmagan qor”dan keyin ham dalalarda paxta qolayotgani, shahar va qishloqlardagi millionlab ziyolilar, pensionerlar, talaba va o‘quvchilar hukumatning yordam so‘rab qilgan murojaatiga “labbay!” deb dalaga chiqqani haqida xabar qilinadi.
O‘zbekiston paxtakorlari bugungi kungacha 4,6 million tonnadan ziyod paxta xomashyosini yig‘ib oldi. Vazifa murakkab. Ob-havo ishning borishiga xalal berdi. Bahorda kuchli yog‘ingarchilik, sovuqlar ekin jarayonini kechiktirdi. Oktabrdagi misli ko‘rilmagan qor terim sur’atini shunchaki to‘xtatib qo‘ydi. Dalalarda esa hali ham paxta bor va hosilni qutqarib qolish kerak.Lavha davomida so‘nggi besh yildan beri paxta rejasini bajara olmay, 1987-yilda vazifani uddalagan Sariosiyo tumanidagi vaziyat ko‘rsatilgan. Muxbirning hududdagi dehqonlarga asoslanib ma’lum qilishicha, “ishga munosabat o‘zgargani sababli ham reja bajarilgan”, xususan, yig‘im-terim mavsumi vaqtida “tuman markazida uzoq davom etadigan majlislar, uchrashuvlardan voz kechilgan”.Respublika hukumati yordam so‘rab shahar va qishloq mehnatkashlariga murojaat qildi. Bugun plantatsiyalarga 2 millionga yaqin terimchilar chiqdi. Bular — sanoat korxonalarining ishchilari, ziyolilar, pensionerlar, talaba va o‘quvchilar. Avvallari hech qachon xalq tomonidan bunday hozirjavoblik bo‘lmagan.
Odamlar paxtakorlar uchun og‘ir kelgan bu yilda hosilni bitta qoldirmay daladan yig‘ib-terib olish uchun qo‘llaridan kelgan barini qilmoqda.
“Vremya” muxbiri Muxtor G‘aniyevning 1987-yil 22-noyabrdagi reportaji
Uzoq yillar mobaynida xo‘jaliklar rahbarlari paxtani yaxshisi qo‘lda tergan ma’qul, deb ta’kidlab kelardi. Bu tushuncha yo‘qqa chiqarildi. Tumandagi har bir kombaynda 100 tonnadan paxta xomashyosi yig‘ib olindi.“Vremya” muxbiri Muxtor G‘aniyevning 1987-yil noyabridagi reportaji
Mavzuga doir: “O‘rnimiz paxtazorda”. Uychi tumani hokimi paxtani yig‘ib-terib olish uchun aholiga murojaat yo‘lladi
Mavzuga doir: O‘zbekiston hukumati o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini paxta terimiga jalb qilishni taqiqladi
Ayni shu yig‘ilishda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, “O‘zagrotexsanoatxolding” boshqaruvi raisi Nodir Otajonov 2018-yilda mamlakatda 3000 ta paxta terish mashinalari ishlab chiqarilishi, ularning 600 tasi eksport qilinishi, qolgani birinchi galda Sirdaryo, Toshkent, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari o‘rtasida taqsimlanishini ma’lum qildi. Shuningdek, bu masalada AQShning John Deere va CNH Industrial kompaniyalari hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini bildirdi.