Ommaviy axborot vositalarida Moskva viloyatidagi “Sindika” qurilish bozoridagi yong‘indan so‘ng 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi bedarak yo‘qolgani haqidagi xabarlar e’lon qilindi.
Ushbu xabarni tekshirish uchun O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli bo‘linmasi bilan bog‘landi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
2017-yil 10-oktabr Moskva vaqti bilan soat 09:00 da Rossiya tomoni yuqorida qayd etilgan yong‘inda O‘zbekistonning yo‘qolgan yoki yaralangan fuqarolari haqidagi ma’lumotga ega emas.
Ushbu masala elchixona konsullik boshqarmasining doimiy nazoratiga olingan.