O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Qashqadaryo viloyat Kengashi hamda viloyat IIB hamkorligida Qarshi shahridagi klublar, chilimxonalarda tungi reyd o‘tkazildi. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar bermoqda.
Reyd davomida, afsuski, kishi dilini ranjitadigan qator holatlarga duch kelindi. Yosh qizlar, o‘smir yigitlarning qilib turgan ishlari kishini o‘ylantiradi, deyiladi xabarda.
Hamkorlar aniqlangan holatlar yuzasidan voyaga yetmagan yoshlarning ota-onalari bilan uchrashib, tushuntirish ishlarini olib bordi.