O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayevning 3-oktabrdagi buyruqlari bilan Farg‘ona va Xorazm viloyatlariga yangi prokurorlar tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, adliya katta maslahatchisi Sadriddin Turdiyev Farg‘ona viloyat prokurori lavozimiga 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi.
Shuningdek, adliya katta maslahatchisi Akmalxo‘ja Mavlonov Xorazm viloyat prokurori lavozimiga 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi.
Izoh (0)