Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining finalida to‘p suradigan har ikki jamoa nomi aniq bo‘ldi.
Yarim finalning ilk o‘yinida Toshkentning “Bunyodkor” klubi Samarqandning “Dinamo”si ustidan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:0 hisobida ustun kelgandi. Qarshining “Nasaf” klubi esa amaldagi chempion “Lokomotiv”ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.“Nasaf” Toshkentda 1:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, o‘z maydonida 1:0 hisobida zafar quchdi va kubok finali bilan xayrlashdi. Bu borada Qarshi klubiga yana 1 ta gol yetmadi. Bir kun avval tug‘ilgan kunini nishonlagan legioner Dragan Cheran “temiryo‘lchilar” darvozasiga kiritilgan yagona golga mualliflik qildi.
O‘zbekiston Kubogida zafar quchgan jamoa Osiyo Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oladi. Bir yil muqaddam “Lokomotiv” ham kubokda zafar quchgan, ham mamlakat chempionligini rasmiylashtirgandi. Ayni vaqtda ham “temiryo‘lchilar” Oliy Liga peshqadami bo‘lib turibdi. Endi ular kubok finalida Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi “Bunyodkor” bilan hisob-kitob qiladi.
O‘zbekiston Kubogi Yarim final 7-oktabr, shanba
Izoh (0)