2017-yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini kelib chiqishi yaponiyalik bo‘lgan britaniyalik yozuvchi Kadzuo Isiguro oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Twitter / @NobelPrize

Nobel mukofoti tashkiliy qo‘mitasi xabarnomasida ta’kidlanishicha, Isiguro “o‘z romanlarida jahon bilan aloqamiz haqidagi xomxayol hissiyotlarimiz ortida yashiringan tubsizlikni g‘aroyib emotsional kuch bilan ochib tashlaydi.

Kadzuo Isiguro 1954-yili Nagasakida tug‘ilgan. 1960-yili uning oilasi Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tgan. Isiguro jami yettita roman yozgan. Uning “Kun qoldig‘i” romani (1989-yil) Buker mukofotini qo‘lga kiritgan va kinolashtirilgan.