Rossiya mudofaa vazirligi Suriyaning Xama viloyatida mamlakatning Mi-28 vertolyoti majburiy qo‘nishni amalga oshirganini ma’lum qildi. Bunga texnik nosozlik sabab bo‘lgani bildirilmoqda, deb xabar beradi Meduza.
“Uchuvchilarning hayoti va sog‘lig‘iga hech narsa tahdid solmayapti. Ekipaj hisobotiga va mashina tekshiruviga ko‘ra, vertolyotga qarata o‘t ochilmagan”, — deyiladi rasmiy xabarnomada.
O‘z navbatida, 6-oktabr ertalabki soatlarida IShIDga bo‘ysunuvchi Amaq agentligi Rossiya vertolyotining urib tushirilganini ma’lum qilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)