Las-Vegasdagi musiqiy festivalda 58 kishini o‘ldirgan Stiven Peddokni birinchi bo‘lib Mandalay Bay mehmonxonasi qo‘riqchisi Xesus Kampos topdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mehmonxonani aylanib chiqish chog‘ida u jinoyatchi qayerdan o‘q uzayotganini aniqladi va bu haqda politsiyaga ma’lum qildi.
Kampos xonaga yaqinlashganida, Peddok eshik orqali koridorga qarata o‘t ochdi va qo‘riqchi tomonga jami 200 dan ortiq o‘q uzdi.
Qo‘riqchi oyog‘idan yaralandi. Kamposning yonida qurol yo‘q edi.
“Men shunchaki o‘z ishimni bajarayotgan edim”, — dedi Kampos.
Izoh (0)