Ispaniya konstitutsion sudi Kataloniya parlamentining 9-oktabrga belgilangan yig‘ilishini bekor qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Ushbu yig‘ilishda deputatlar referendum yakunlariga ko‘ra Kataloniya mustaqilligini e’lon qilishi belgilangan edi.
Sud qaroriga ko‘ra, mustaqillik deklaratsiyasi konstitutsiyaga zid keladi hamda deputatlarning vakolatlarini amalda yo‘qqa chiqaradi.
Shuningdek, konstitutsion sud sessiyani o‘tkazishga bo‘lgan har qanday harakat noqonuniy sanalishini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)