Ispaniya iqtisodiyot vaziri Lusi de Gindos Xurado Kataloniya mustaqillikka ega bo‘lmasligini, negaki bu mintaqada istiqomat qilayotgan odamlarning moliyaviy ahvoliga jiddiy salbiy ta’sir o‘tkazishini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda u Bloomberg TV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Aytishim kerak bo‘lgan birinchi muhim narsa — Kataloniyada joylashgan moliyaviy institutlar mustaqillik jarayoni davom etsa, ular shtab-kvartiralarini Ispaniyaning boshqa hududlariga ko‘chirishga tayyorligini bildirdi. Bu Kataloniya mintaqaviy hukumati qay darajada aqldan ozganini ko‘rsatadi”, — dedi Xurado.
Agar mintaqa mustaqil davlatga aylansa, u Yevrozonadan chiqadi, bu esa aholining daromadiga ta’sir ko‘rsatadi.
Madrid mamlakat birligini himoya qilishga tayyor, qo‘shimcha qildi vazir.
Izoh (0)