“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy avikompaniyasining “Toshkent—Nukus” yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiluvchi HY 011 reysi samolyoti texnik sabablarga ko‘ra aeroportga qayta qo‘ndirildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
“Il-114−100 samolyoti ekipaji poytaxt aeroportiga qaytish to‘g‘risida qaror qabul qildi, qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshirildi”, — deya xabar qildi aviatashuvchi axborot xizmati.
Reysning barcha 46 nafar yo‘lovchisi Nukusga boshqa Il-114−100 bortida uchishdi.
Izoh (0)