AQSh prezidenti Donald Tramp, jumladan, KXDR bilan muzokaralar masalasidagi ziddiyatlarga qaramay, Davlat kotibi Reks Tillersonga ishonch bildirishda davom etmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Prezident Tillersonga ishonadi”, — dedi Sanders jurnalistning bu haqdagi savoliga javoban.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp AQSh Davlat kotibiga KXDR rasmiylari bilan muzokaralarga behuda vaqt sarflamaslikni maslahat bergandi.
Izoh (0)