Turkiyaning Global Architecture Develoment kompaniyasi me’mori Go‘kxan Avjio‘g‘li 1-oktabr kuni Toshkent viloyatining muhim turistik obyektlarini ko‘zdan kechirdi. Unga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov hamrohlik qildi, deb xabar beradi Uz24.
Qo‘mita raisi xorijiy mutaxassisga Toshkent viloyatidagi turistik obyektlar, mehmonxonalar hamda boshqa dam olish va ko‘ngilochar maskanlar qurish uchun mo‘ljallangan obyektlarni ko‘rsatib, ularning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘zlab berdi.
Dastavval turkiyalik arxitektorga “Beldersoy oromgohi” ko‘rsatildi. U yerda mehmonxona, restoran, bir qator kottejlar qurilishiga mo‘ljallangan hududlar ko‘zdan kechirildi.
Xorijiy mutaxassis bilan “Chimyon” turistik bazasi hududida mehmonxona va restoran qurilishi ko‘zda tutilgan joylar hamda qurilishi to‘xtab qolgan obyektlarni qaytadan qurish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mehmonga Chorvoq suv ombori, Piramida, Yusufxona, Burchmulla kabi oromgohlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Global Architecture Develoment vakili tanishib chiqqan hududlarda nodir turistik obyektlar qurish mumkinligini e’tirof etdi.
Izoh (0)