FIFA referisi Ravshan Ermatov O‘zbekiston Birinchi Ligasining 29-turidan o‘rin olgan “Sementchi” — “NBU-Osiyo” o‘yinini boshqaradi. Bu haqda PFL rasmiy sayti ma’lumot berdi.
Bunda Ermatov chempionatning markaziy o‘yiniga tayinlangani qayd etib o‘tilgan. “Sementchi” turnir jadvalida peshqadam, “NBU-Osiyo” esa uni ta’qib qilib kelmoqda. Oradagi farq 11 ochkoni tashkil qiladi.
Ravshan Ermatov Rossiya—2018 mundialiga borishi katta ehtimol bo‘lgan hakamlar sirasiga kiradi. U Konfederatsiyalar Kubogida videotakrorlar mutaxassisi sifatida faoliyat olib borgandi. Ermatov Jahon Chempionatlarida jami 9 ta o‘yin boshqargan bo‘lib, bu borada dunyoning eng oldi hakami hisoblanadi.
Izoh (0)